Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Entoni Joshua "er tishlatildi”

Entoni Joshua "er tishlatildi”

Tunda London shahridagi muhtasham "Uembli" stadionida professional boks turniri o‘tkazildi.

Oqshomning markaziy jangi superog‘ir vazn toifasida vaqtinchalik IBF chempionlik kamari sohibi Daniel Dyubua hamda IBF, WBA, WBO va IBO yo‘nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Britaniyalik bokschilar o‘rtasidagi 12 raundga mo‘ljallangan jang 5-raundda yakunlandi. Dyubua nomdor raqibini nokautga uchratib, to‘laqonli IBF chempioniga aylandi. Ushbu kamarni ukrainalik Aleksandr Usik bir muddat avval vakant, ya’ni egasiz qoldirgan edi.

CompuBox taqdim etgan statistikaga ko‘ra, Dyubua barcha jabhalarda vatandoshidan ustunlikka erishgan. U uch marotaba Joshuani nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Daniel Dyubua professional boksdagi debyutini 2017 yilda o‘tkazgandi. 2022 yilning iyun oyida amerikalik Trevor Brayanni nokautga uchratib, WBA Regular kamarini qo‘lga kiritgan. Shu yil iyunda esa u xorvatiyalik Filip Xrgovichga ilk mag‘lubiyatni taqdim etib, vaqtinchalik IBF chempioniga aylangandi.

Kiritildi: 19:12 22.09.2024. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!