Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi - O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

A A A
Eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi - O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Butunjahon iqtisodiy forum Raqobatbardoshlik indeksi eng yaxshi va yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Reytingga jami 137 mamlakat kiritilgan. Yo‘llar sifati yetti balli shkalada baholangan. Birorta mamlakat eng yuqori ballni olmagan. Ammo Birlashgan Arab Amirliklari 6,4 ball olib, birinchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi pog‘onalarda Singapur va Shveysariya (6,3 ball) turibdi.

Qirg‘iziston 2,7 ball olgan. Markaziy Osiyoga qo‘shni davlatlar orasida eng yuqori ball Xitoyga nasib qilgan (4,6 ball) — 42-pog‘ona.

Todikiston (4,1 ball bilan) reytingning 70-o‘rnini egallagan. Qozog‘iston 2,9 ball bilan 115-o‘rinda kelmoqda. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.

Reytingga ko‘ra, eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar bu Mavritaniya(2 ball), Kongo (2,1 ball) va Gaitiligi (2,1) ma’lum qilingan.

 

Kiritildi: 09:26 04.06.2018. O'qildi: 2455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!