Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eng serdaromad marhum kishilar reytingida yetakchi nomi o‘zgardi

Eng serdaromad marhum kishilar reytingida yetakchi nomi o‘zgardi

Amerikalik marhum pop qiroli Maykl Jekson o‘z merosi hamon daromad keltirayotgan marhum taniqli insonlar reytingida yetakchilikni yo‘qotdi. U Forbes tomonidan tuziladigan ushbu reytingda 2013 yildan beri 1-o‘rinni egallab kelayotgandi.

Reytingga 13 kishi kiritilgan bo‘lib, ular merosi keltirgan daromad deyarli 1 trln dollarni tashkil qilgan.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan britaniyalik yozuvchi, “Charli va shokolad fabrikasi” hamda “Matilda” kitoblari muallifi Roald Dal (1916-1990) joy olgan. 2021 yil sentyabrda uning merosxo‘rlari Netflix striming xizmatiga Roald Dahl Story kompaniyasini sotishgan. 2022 yil dekabrda yozuvchining asarlari asosida “Matilda”, 2023 yilda esa “Charli va shokolad fabrikasi” filmlarining yangi versiyalari chiqariladi.

2-o‘rinni amerikalik qo‘shiqchi Prins (1958-2016) egalladi. Uning uch merosxo‘ri o‘zlariga tegishli ulushni, jumladan qo‘shiqchining ashulalariga huquqni umumiy hisobda 108 mln dollarga sotgan.

3-o‘rinni Maykl Jekson egallagan. U asos solgan Mijac Music leybli 75 mln dollar keltirgan.

Etakchi o‘ntalikdan, shuningdek rassom Charlz Monro Shuls (1922-2000), bolalar yozuvchisi va multiplikator Teodor Syuz Gaysel, qo‘shiqchi va aktyorlar Bing Krosbi hamda Elvis Presli, golfchi Arnold Palmer, shoir-qo‘shiqchi Jerri Goffin, qo‘shiqchi Lyuter Vandross, reggi uslubidagi qo‘shiqchi Bob Marli, repchi Juice WRLD va marhum bitlzchi Jon Lennon joy olgan.

Kiritildi: 22:36 31.10.2021. O'qildi: 3823 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!