Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migrasiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida bu belgilab qo‘yildi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi. Bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi.
Bu harakat joriy yil 1 avgustdan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Manba: uza.uz