O‘zbekiston va Xitoy Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bu to‘g‘rida bitim imzoladi. Bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
«O‘zbekiston va Xitoy Davlat Rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bugun hamkasbim bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi Bitimni imzoladik.
Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir», - deb yozdi Saidov.