EI (Evropa ittifoqi) savdo urushining oldini olish maqsadida AQSh prezidenti Donald Trampga imtiyozlar berdi. Bu haqda “CNBC” telekanali Evropa delegasiyasi tarkibidagi manbaga tayanib xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari suyultirilgan gaz eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ish boshlaydi, shuningdek, evropaliklar bilan sanoat tariflarini qisqartirish va Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq soya va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilishga kelishib olishdi.
Shuningdek, Trampning ta’kidlashicha, tomonlar yaqinda po‘lat va alyuminiyning import bojlari bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. "AQSh va Yevropa Ittifoqi nol tariflar, savdo to‘siqlar va ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun nolinchi subsidiyalarga erishish uchun ishchi guruh tuzdi", deya aytib o‘tdi Donald Tramp.