2025 yil 1 iyuldan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olina boshlanadi. Bu hukumatning «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikasiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritishicha, endilikda my.gov.uz dagi shaxsni tasdiqlovchi, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning raqamli (elektron) shakllari rasman tan olinadi.
Bunda my.gov.uz da ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O‘zbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi. Ro‘yxatga quyidagi hujjatlar kiritilgan:
Ushbu hujjatlarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi, ya’ni portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.