Rossiyada migrantlar uchun kuryerlik faoliyatini majburiy lisenziyalashni joriy etish taklif qilindi.
Tashabbus muallifi – “Adolatli Rossiya” yetakchisi Sergey Mironov.
"Bu bizga Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlari fuqarolari orasida ayniqsa mashhur bo‘lgan eng yopiq hududlardan birida tartib o‘rnatish imkonini beradi", — dedi deputat RIA Novosti agentligiga.