Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Endi qarzdorligi bor transportlar stasionar postlarda to‘xtatiladi

Endi qarzdorligi bor transportlar stasionar postlarda to‘xtatiladi

Hukumat qarori (377-son, 08.07.2022 y.) bilan Yo‘l-patrul xizmati stasionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi.

✅ Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.

❗️“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.

☑️ Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi.

⏩ Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 15:00 13.07.2022. O'qildi: 4142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!