Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qizg‘in muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, ovchilik guvohnomasi 18 yoshga to‘lgan, ovchilik bo‘yicha maxsus o‘quv kursini o‘qigan fuqarolarga 2 yil muddatga beriladi.
Loyihada ov qilish jarayonlarini tizimlashtirish, ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtirish hamda sohaga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.