Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Endi Janubiy Koreyada K-Pop yulduzlari armiyaga borish muddatini ortga surishlari mumkin

Endi Janubiy Koreyada K-Pop yulduzlari armiyaga borish muddatini ortga surishlari mumkin

Janubiy Koreya parlamenti K-Pop yulduzlari armiyaga borish muddatini ortga surishlari mumkin bo‘lgan qonun qabul qildi.

Bu haqda CNN xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yangi qaror, shuningdek, ommaviy madaniyat va san’atda ulkan yutuqlarga erishgan boshqa shaxslarga ham tegishlidir.

Qabul qilingan hujjatga ko‘ra, musiqachilar va madaniyat arboblari 30 yoshgacha o‘z faoliyatlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Bungacha bunday imkoniyat faqat yetakchi artistlar, mumtoz musiqa musobaqalari g‘oliblari va sportchilarga berilgan.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan erkaklar armiyada 18 oy xizmat qilishlari shart.

Kiritildi: 20:24 03.12.2020. O'qildi: 3331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!