Prezident “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
▪️ Farmonga muvofiq, quyidagilarni amalga oshirish belgilandi:
➖ 2022 yil 1 mayga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borilishini ta’minlash;
➖ 2022 yil 1 iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmatni o‘tagan xodimlarni rotasiya qilish tartibini joriy etish;
➖ 2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimini to‘laqonli ishga tushirish hamda ushbu tizim bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirib borish.