Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Endi Afrosiyob Jizzaxda ham to‘xtaydi

Endi Afrosiyob Jizzaxda ham to‘xtaydi

2 fevraldan boshlab №762/761 Toshkent-Buxoro-Toshkent Afrosiyob tezyurar poyezdi Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishni boshladi.Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Poyezd harakat jadvaliga o‘zgartish kiritishdan so‘zlangan maqsad turizmni rivojlantirish, sayyoh va investorlarga keng qulayliklar yaratish, shuningdek ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, 1 martdan Jizzax viloyatida Ilg‘or hudud tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Viloyatda investision muhit va aholi hayotini yaxshilash, sanoatning yangi sohalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Jadval

№762 Toshkent-Buxoro

7:28 Toshkent markaziy vokzalidan jo‘nash

8:54 Jizzaxga yetib kelish

8:56 Jizzaxdan jo‘nash

9:42 Samarqandga yetib kelish

9:50 Samarqanddan jo‘nash

10:40 Navoiyga yetib kelish

10:42 Navoiydan jo‘nash

11:19 Buxoroga yetib keli

№761 Buxoro-Toshkent

15:50 Buxorodan jo‘nash

16:27 Navoiyga yetib kelish

16:29 Navoiydan jo‘nash

17:20 Samarqandga yetib kelish

17:28 Samarqanddan jo‘nash

18:14 Jizzaxga yetib kelish

18:16 Jizzaxdan jo‘nash

19:44 Toshkentga yetib kelish

Kiritildi: 12:30 04.02.2019. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!