Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Elparvar» tarixiy filmi taqdimoti

A A A
«Elparvar» tarixiy filmi taqdimoti

Film ssenariysini Abdulla A’zamov va Yolqin To‘ychiyevlar qalamiga mansub. Filmda bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etgan.

Shuningdek, filmda Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov singari aktyorlar ijrosiga guvoh bo‘lish mumkin.

Film 12-asrda ajdodlarimizning mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan voqealarni qamrab olgan. Uning bosh qahramoni Muqbil, qabila oqsoqolining nabirasi, uning o‘tyurak o‘g‘li Bahodirning farzandi bo‘lib, ssenariy davomida qahramon ilmga tashna yosh o‘g‘londan yovga qarshi beomon kurashchi sifatida shakllanib, ham ma’nan, ham jismonan takomilga yetib borishi tasvirlangan .

Manba: myday. uz

Kiritildi: 16:40 30.12.2018. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik