Germaniya kansleri Fridrix Mers 4 oktyabr kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bu uning Ukrainaga 2025 yil may oyidan buyon ilk tashrifi bo‘ldi.
Mers Kiyev vokzalida jurnalistlarga bergan bayonotida Ukraina yaqin haftalarda Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, uning harbiy mashinasi ertami-kechmi Yevropaga qarshi yo‘nalishi mumkin.
Kansler Ukraina uchun navbatdagi qish urush sharoitida o‘tishiga e’tibor qaratdi. U Rossiya shaharlar, turar-joylar va issiqlik elektr stansiyalariga zarba berayotganini, ammo bu Ukraina xalqini terror orqali taslim qila olmasligini bildirdi.
Tashrif davomida Mers Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi va Germaniya Ukrainaga yordamni davom ettirishini tasdiqlashi kutilmoqda.
Kansler Germaniya va Ukraina o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama manfaatlarga asoslanganini ta’kidlab, ikki davlat kompaniyalarining qo‘shma ishlari ularni yanada xavfsiz va kuchli qilayotganini aytdi.