Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ellikqal’a va Farg‘ona tumanida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

A A A
Ellikqal’a va Farg‘ona tumanida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.K. fuqaro T.S.ga “V” toifali haydovchilik guvohnomasini nazariy va amaliy imtihonlarga qatnashmasdan olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Y.H.” xususiy korxonasi instruktori T.T. fuqaro M.M.ga tanishlari yordamida qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish huquqni beruvchi guvohnoma olib berish evaziga 1,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:58 12.04.2023. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!