Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston — Koreya markazi tashkil etiladi

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston — Koreya markazi tashkil etiladi

Janubiy Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Yun Jong In boshchiligidagi delegasiya Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tashrif doirasida delegasiya a’zolari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan mamlakatlar o‘rtasidagi elektron hukumatni rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari hamda mazkur sohada yangi qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Bu har ikki mamlakat o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi. Xususan, elektron hukumat sohasiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’lim dasturlarini tashkil qilish va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, korporativ hamkorlik qilish hamda O‘zbekistonda yagona data-markazini tashkil etish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjatlar elektron hukumatning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirish, kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilishni kuchaytirish, davlat axborot texnologiyalari sohasida innovasiyalar va dasturiy yechimlarni ilgari surish, qo‘shma seminarlar, anjuman va davra suhbatlari o‘tkazishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Aqlli shaharlar ni yaratish, kadrlar tayyorlash yuzasidan hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Tadbirda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Koreya markazini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:50 22.03.2019. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!