Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Eldor Shomurodovni og‘ir kunlar kutmoqda

Eldor Shomurodovni og‘ir kunlar kutmoqda

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya chempionatining yakuniy qismiga tayyorgarlik qanday kechgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda "tribuna.uz" xabar tarqatdi.

«Hammasi yaxshi. Guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazyapmiz. Ilk kunlar quvonchli bo‘ldi. Ammo yuklamalar ortgan sayin futbolchilar qiynalishdi, kayfiyat ham shunga yarasha.

Hayotimizda birinchi marta shunday vaziyatga duch kelyapmiz. Ruhiy tomondan og‘ir bo‘ldi: mavsumning davom ettirilishiga shubha bor edi. Bundan tashqari, futbolchilarga uy sharoitida jismoniy holatni ushlab turish ham oson bo‘lmadi.

Endi futbolchining vujudi bunga qanday dosh berishini bilmaymiz. Bizni bir oyda 8ta o‘yin kutmoqda. Yuklama juda katta bo‘ladi, tayyorlanish uchun esa vaqt oz», – deb Karpin so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, "Rostov" tarkibida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradi va Karpin aytgan og‘ir kunlar hamyurtimizga ham taalluqli. Biz unga g‘alaba va gollar tilab qolamiz.

Kiritildi: 23:53 06.06.2020. O'qildi: 14878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!