«Istanbul Bashakshehir» jamoasining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov SofaScore talqiniga ko‘ra Turkiya Superligasining 31-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.
30 yoshli hamyurtimiz «Qosimposho»ga qarshi bahsda (4:0) dubl muallifi bo‘ldi va portal tomonidan 8,6 ballga loyiq ko‘rildi.