Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eldor Shomurodov «Spesiya»dagi debyut golidan keyin nimalar dedi?

A A A
Eldor Shomurodov «Spesiya»dagi debyut golidan keyin nimalar dedi?

"Spesiya" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya chempionatining 28-turi doirasida bugun bo‘lib o‘tgan "Salernitana" klubi darvozasiga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. O‘zbekistonlik futbolchi mazkur o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Mening golim jamoamizga bir ochkoni taqdim etganidan xursandman. Joriy mavsum men uchun oson bo‘lmayapti. Shunday bo‘lsa-da, men ruhiy tushkunlik tushib qolmayapman va ishlashda davom etyapman. Nihoyat, bugun gol urishga muvaffaq bo‘ldim. Bundan juda ham xursandman. Afsuski, bugun 3 ochkoni qo‘lga kirita olmadik.

Birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. "Salernitana" haddan tashqari ko‘p bo‘sh hudud berib qo‘ydik. Ikkinchi taymda esa boshqachi o‘yin o‘tkazdik. G‘alabaga munosib etdim, ammo ikki ochko yo‘qotdim. Muxlislar uchrashuv boshidan bizni oldinga chorlashdi.

A seriyada jon saqlab qolishimizga ishonamiz. Buning uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Endi esa keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", — dedi Shomurodov.

Kiritildi: 12:57 03.04.2023. O'qildi: 2332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!