O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Qatarda bo‘lib o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va bo‘lajak o‘yinlar borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Yig‘inga kecha kelib qo‘shildik. Bugundan mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Ostonni inobatga olmaganda, qolgan barcha futbolchilar tayyor.
Avval oldimizga Jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Hozirgi imkoniyatimiz juda yaxshi. Qatarni yutsak, imkoniyatlarimiz yanada oshadi. Shuning uchun faqat 3 ochko uchun harakat qilamiz.
Boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, Qatar bizdan ortda kelmoqda. Bu raqibni o‘zimizga yaqinlashtirmaslikka harakat qilishimiz kerak. Shu sababli ham g‘alaba biz uchun muhim ahamiyatga ega", — dedi Shomurodov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.