Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eldor Shomurodov «Kalyari» jamoasining doimiy a’zosiga aylanishi mumkin

Eldor Shomurodov «Kalyari» jamoasining doimiy a’zosiga aylanishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Sardiniya klubining doimiy a’zosiga aylanishga yaqin turibdi.

Gap shundaki, Qatardagi Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgan vakilimiz jarohatidan forig‘ bo‘lgach, Klaudio Ranyeri jamoasining hujumdagi eng ishongan futbolchisiga aylandi. Eldorning transfer huquqlari «Roma»ga tegishli ekanidan xabaringiz bor.

«Kalyari» jamoasi esa 28 yoshli hujumchimizni butkul o‘z jamoasi tarkibiga qo‘shib olmoqchi. «Roma» va «Kalyari» o‘rtasidagi shartnomada Eldor Shomurodovni sotib olish opsiyasi mavjud bo‘lib, hozirda sardiniyaliklar uni faollashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, E.Shomurodov shu paytgacha sardiniyaliklar safida A Seriyaning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta assistga mualliflik qildi.

Kiritildi: 11:43 23.04.2024. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!