“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari 40ga yaqin davlatlarning 280 dan ortiq nufuzli oliygohlarida tahsil olmoqda.
Bu haqida jamg‘armasi rahbariyati ma’lum qildi.
Ayni vaqtda 550 nafar stipendiat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlardagi OTMlarning bakalavriat, magistratura, ordinatura hamda doktorantura dasturlarida o‘qishlarini davom ettirmoqda.
Ta’lim muassasalari orasida Oxford, Garvard, Cambridge, University College London, Imperial College London kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bor, deyiladi xabarda.