Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

«El-Klasiko» davom etadi. «Real» va «Barselona» Ngolo Kante uchun kurash boshladi

«El-Klasiko» davom etadi. «Real» va «Barselona» Ngolo Kante uchun kurash boshladi

Qayd etilishicha, Kante Madridning «Real» klubining asosiy transfer nishoni bo‘lib turibdi. Shuningdek, Ngolo yoshligidan madridliklarga ishqiboz bo‘lib, uning xonasi esa klub o‘yinchilarining suratlariga to‘la bo‘lgan. Shu sababdan «Real» 27 yoshli Kante uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda.

 

Ammo «Kamp Nou»ga yakunlangan mavsumning so‘nggi o‘yinlaridan biriga Kantening yaqinlarini taklif qilgan «Barselona» mazkur transfer amalga oshishida «Real»ga halal berishi mumkin. Kataloniyaliklar ham Ngoloni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Avvalroq, fransiyalik yarim himoyachining PSJga o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo «Chelsi» uni sotishda bosh tortgan. Hozirda futbolchining transfer narxi 80 million funtga baholanmoqda.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 21:36 24.06.2018. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!