Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ektor Kuper qachon ishga kirishishi ma’lum

A A A
Ektor Kuper qachon ishga kirishishi ma’lum

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper 22 avgustdan boshlab dastlabki yig‘inlarni boshlaydi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida 22 avgustdan 1 sentyabrga qadar Toshkentda o‘quv mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi. Yig‘in boshida asosan Pepsi Superligada to‘p surayotgan futbolchilar ko‘zdan kechirilsa, sentyabrga yaqin xorijda to‘p surayotgan legioner futbolchilar ham yig‘inga kelib qo‘shiladi.

Terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirish va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosini shakllantirish uchun Ektor Kuper va uning yordamchilari reja asosida ish olib boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi kuz oylarida Suriya, Shimoliy Koreya, Qatar kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 14:59 13.08.2018. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik