Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensasiya qilish to‘xtatildi

Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensasiya qilish to‘xtatildi

Eksportchilarning tashish xarajatlarini kompensasiya qilish amaliyoti bekor qilindi. Bu haqda Prezidentning 2024 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” farmonida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

  • eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
  • eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensasiya qilish amaliyotini bekor qilish.

Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun 2025 yil 1 fevralga qadar belgilangan tartibda subsidiya va kompensasiyalar taqdim etiladi.

Farmon joriy yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan.

Kiritildi: 08:00 03.01.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!