Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi

Ekspertlar eng toza aviakompaniyalar reytingini tuzdi

Skytrax aviasiya xizmatini baholash xalqaro tashkiloti mutaxassislari dunyoning 30 ta eng toza aviakompaniyalari reytingini tuzdi, deb yozadi Daryo .

Ro‘yxatda birinchilikni Yaponiyaning All Nippon Airways kompaniyasi egalladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Tayvanning EVA Air kompaniyasi ikkinchi, Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘ntalikka Singapur havo yo‘llari, Yaponiya havo yo‘llari, Cathay Pacific Airways, Qatar Airways, Swiss International Air Lines, Hainan Airlines va Lufthansa kiradi.

Reytingni tuzishda mutaxassislar aviakompaniyalarni bir qator mezonlar, shu jumladan, hojatxona, stol va o‘rindiqlar, gilam hamda yukxona javonlari tozaligi bo‘yicha baholagan.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 20:46 20.03.2019. O'qildi: 1542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!