Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ekspert: Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanish arafasida

Ekspert: Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanish arafasida

Xitoy koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini ostonasida turibdi. Bu haqda Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan "Interfaks"ga xabar berdi.

Nanshanga ko‘ra, Xitoyda infeksiyaga qarshilik darajasi ba’zi xorijiy mamlakatlardagi kabi. "Ko‘pgina xitoyliklar immunitetning yetarli emasligi sababli koronavirusga moyil bo‘lib qolishadi", dedi mutaxassis. Uning ta’kidlashicha, Xitoy normal holatga qaytmoqda, ammo hushyorlik juda zarur, chunki epidemiyaning ikkinchi to‘lqini xavfi ko‘paygan.

COVID-19 ga qarshi samarali vaksinani tezda yaratish imkonsiz. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, samarali yechimni topish uchun bir necha yil kerak bo‘lishi mumkin.

Nanshan, shuningdek, G‘arb hukumatlari ushbu epidemiyani jiddiy qabul qilmayotganini va ba’zi mamlakatlar koronavirusni gripp virusi bilan taqqoslab, xato qilayotganini aytdi.

Kiritildi: 16:27 17.05.2020. O'qildi: 4342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!