Xabar berib borayotganimizdek, "Yoshlar Forumi 2023" doirasida rahbar va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Bugun poytaxtimizda joylashgan Yoshlar ijod saroyida kun davomida rahbar va yoshlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri ham yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Aziz Abduvakimov yoshlar orasida ekofaollar ko‘pligi, atrof-muhitga befarq emasligini ta’kidlab, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi:
✅ yil davomida turli ekologik tadbirlarda 2 million 445 mingdan ortiq yoshlar faol qatnashdi;
✅ "Yashil makon" loyihasi doirasida 1 milliondan oshiq yoshlar tashabbus ko‘rsatdi.
Turli universitet talabalari, jamoatchilik va ekologiya faollari ishtirok etayotgan ushbu tadbirda yoshlar o‘zlari qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.