Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ekaterinburgda yonilg‘i quyish shoxobchasida robot-operator ish boshladi

Ekaterinburgda yonilg‘i quyish shoxobchasida robot-operator ish boshladi

Qurilma haydovchilarga salondan chiqmasdan bakni yoqilg‘i bilan to‘ldirish imkonini beradi. Xizmatdan foydalanish uchun haydovchi QR-kod orqali yoqilg‘i quyish uchun to‘lovni amalga oshirishi kifoya. Shundan so‘ng robot vazifani bajarishga kirishadi.

Yangi qurilma mashina bakini o‘zi ochib, yoqilg‘i quyadi va keyin yana yopadi. Butun jarayon bir necha daqiqa davom etadi.

Hozircha u faqat AI-100 benzin quyadigan avtomobillarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Haydovchi faqat mashinani belgilangan joyga to‘g‘ri qo‘yishi kerak. Qolgan ishni robot datchiklar orqali bajaradi.

Tizim hozir sinovda. Asosan baki o‘ng tomonda bo‘lgan mashinalarga moslashtirilgan, kelajakda imkoniyatlari kengaytiriladi.

Robot uchta kamera va o‘rnatilgan sun’iy intellekt tizimi bilan jihozlangan.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!