Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

EI Xitoydan gibrid avtomobillar eksportini cheklashni so‘radi

EI Xitoydan gibrid avtomobillar eksportini cheklashni so‘radi

Evropa Ittifoqi Xitoyni Yevropa bozoriga gibrid avtomobillar yetkazib berish hajmini 15 foizgacha cheklashga chaqirdi.

Bu haqda Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Bryussel Pekindan ehtimoliy «savdo urushi»ning oldini olish maqsadida bunday cheklovni ixtiyoriy ravishda joriy etishni so‘ragan.

«Agar ular bizning bozorimizga eksportni cheklamasa, buni o‘zimiz amalga oshiramiz», — deya Yevropa Ittifoqi rasmiylaridan birining so‘zlarini keltiradi Financial Times.

Kiritildi: 15:37 17.09.2026. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik