Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

EI Tramp va Putin muzokaralaridan so‘ng Ukraina muammosi bo‘yicha taraqqiyot kutmoqda

EI Tramp va Putin muzokaralaridan so‘ng Ukraina muammosi bo‘yicha taraqqiyot kutmoqda

Evropa Ittifoqi Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi kecha bo‘lib o‘tgan telefon suhbati Ukrainadagi mojaroning yechimini yaqinlashtirishiga umid qilmoqda.

Bu haqda Yevropa kengashi prezidenti Antonio Kosta va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning qo‘shma bayonotida aytilgan.

"Ushbu dahshatli urushning natijasi Ukraina uchun keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik bo‘lishi kerak. Kechagi telefon suhbati bu yo‘nalishdagi oldinga qadam bo‘ldi deb umid qilamiz. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda sobitmiz", - deya ta’kidladi Kosta va fon der Lyayen.

Kiritildi: 17:04 19.03.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!