Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

EI Eronga 20 mln dollar ajratdi. AQSh bundan darg‘azab

A A A
EI Eronga 20 mln dollar ajratdi. AQSh bundan darg‘azab

AQSh Davlat departamentidan ma’lum qilishlaricha, Yevroittifoqning Eronga 20,7 million ajratish haqidagi qarori «noto‘g‘ri signal» hisoblanadi. Bu haqda idora matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

"Kun" manbasiga ko‘ra, Vashington va Bryussel birgalikda Eron fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash uchun yechimni qidirishlari kerak.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlarning fikriga qaraganda, YEIning Eronga «iqtisodiy va sektoral» ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish uchun pul ajratish haqidagi qarori «noto‘g‘ri paytdagi noto‘g‘ri signal» hisoblanadi.

Shu bilan birga, idoradan qayd etishlaricha, ushbu mablag‘lar terrorchilik faoliyati uchun ham ishlatilishi mumkin.

Kiritildi: 09:44 25.08.2018. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik