Evropa Ittifoqi Afrikadagi majburiy ko‘chirilganlar va ularni qabul qilayotgan jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qurolli mojarolardan zarar ko‘rgan hududlar aholisiga yordam berish uchun 710 million yevro ajratadi.
Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Butun Afrika bo‘ylab majburiy ko‘chirilganlar va ularni qabul qilayotgan jamoalar uchun 800 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qilishdan mamnunman. Shuningdek, urushdan jabrlangan jamoalarga ham yordam ko‘rsatiladi", — deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ "Global Citizen" xalqaro tashkilotining 2026 yilgi kampaniyasi doirasida taqdim etiladi.