Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.
"Yakshanba kuni Efiopiya janubida sodir bo‘lgan avtohalokatda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi", deb ta’kidlaydi agentlik.
Bundan tashqari, Sidama viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi (mamlakatning 11 viloyatidan biri – tahr.) Facebookda “Avtohalokat oqibatida hozirda 66 kishi halok bo‘lgani ma’lum” deb xabar berdi.