2024/25 yilgi UYEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qiladigan "Arena Myunxen" (Alyans Arena) stadioni fasadidan stadion titul homiysining nomi vaqtinchalik olib tashlanadi. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar berdi.
"Bavariya"ning uy stadioni Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) shafeligida o‘tkazilmaydigan o‘yinlar vaqtida "Alyans Arena" deb nomlanadi. Allianz sug‘urta kompaniyasi UYEFA bilan hamkorlik qiluvchi homiylar ro‘yxatida yo‘q, shuning uchun stadion Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yini vaqtida "Arena Myunxen" deb nomlanadi.
Chempionlar ligasi finali 31 may kuni bo‘lib o‘tadi va unda "PSJ" va "Inter" o‘zaro bellashadi.