ECHLning 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlarga start beriladi. Bugun ushbu bosqich doirasida bitta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan bosqichda “Liverpul” to‘sigidan o‘tgan PSJ o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qiladi. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” — “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin chorshanba kuni o‘tkaziladi.