Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

ECHL. "Bavariya" "Barselona" darvozasiga 8 ta gol urdi!

ECHL. "Bavariya" "Barselona" darvozasiga 8 ta gol urdi!

Evropa chempionlar ligasining chorak final bochqichidan o‘rin olgan «Barselona» va «Bavariya» klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘ta yirik hisob bilan yakunlandi.

Raqibga nisbatan yuqori pressing va tajovuzkorlik taklif qilgan myunxenliklar birinchi taymning o‘zidayoq "Barsa" darvozasiga 4ta gol urishdi. Tomas Myuller "dubl"ga erishgan bo‘lsa, Perishich va Gnabri bittadan gol muallifiga aylanishdi.

"Barselona"ning bir goli ham germaniyaliklar himoyachisi Alaba hisobiga avtogol sifatida yozildi. Kataloniyaliklar mazkur bitta goldan tashqari o‘yin boshida 3ta gol urish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishdi. Suares 2 marta yakkama-yakka vaziyatda Noyerni dog‘da qoldira olmagan bo‘lsa, bir vaziyatda Messining zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Luis Suares bitta gol urib, hisob 2:4 ko‘rinishiga keltirdi. Bu orqali uchrashuvga biroz intriga qaytgandek bo‘ldi. Ammo bu "Bavariya"ni bugun qaytarishning imkoni yo‘q edi. Boz ustiga, beshinchi goldan keyin kataloniyaliklar o‘yinni tashlab yuborishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Filippe Koutinyo 2ta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Yakuniy hisob — 2:8! Bunaqasi hali bo‘lmagan.

Evropa chempionlar ligasi, chorak final.
"BARSELONA" - "BAVARIYa" - 2:8 (1:4)
Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutinyo, 2:8 – 89 Koutinyo.
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.
Bavariya – Noyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutinyo, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perishich (Koman, 67), Goretska (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).

Kiritildi: 01:53 15.08.2020. O'qildi: 3893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!