Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dzyudochilarimiz Osiyo kubogini 29 ta medal bilan yakunladi

Dzyudochilarimiz Osiyo kubogini 29 ta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Almati shahrida kadetlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumush, 16 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa mezboni Qozog‘iston termasi 6 ta oltin, 7 ta kumush va 14 ta bronza medal bilan ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan Mo‘g‘uliston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush medali bilan joy oldi.

Musobaqada, Adiba Kenjayeva, Sarvinoz Abdusamatova, Nargiza Do‘stmamatova, Zarina Bobonazarova, Dilshod Karimov va Umrzoq Qurbonmurotov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dilruh Hasanova, Amirxon Nizomiddinov, Fotima Zokirova, Sarvinoz Rafkatova, Mushtariybegim Afsalova, Muhammadali Sa’dullayev hamda Abduxalil Abdushukurov kumush medal bilan taqdirlandi.

Kubokning bronza medali esa Umida Qo‘ldosheva, Gulmira Xolmurzayeva, Sabina Azamatova, Gulbahor Imomnazarova, Gulsanam Hazratova, Nigina Saparboyeva, Zuhrajon Umarova, Shoira Aminova, Temurbek Rahimov, Olimjon Ne’matullayev, Amirxon Ozodov, Muhammadjon Masharipov, Quvonchbek Xolmamatov, Botir Yo‘ldoshev, Ollanazar Qodirov, Alibek Hayitboyev kabi polvonlarimizga nasib etdi.

Kiritildi: 14:15 06.07.2024. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!