Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dzyudo: Alisher Yusupov jamoasi Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Dzyudo: Alisher Yusupov jamoasi Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Fransiyaning Monpelye shahrida dzyudo bo‘yicha 6 ta davlatning 14 ta jamoasi ishtirokida o‘tgan klublar o‘rtasidagi Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida hamyurtimiz, "Parij-2024" Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi Alisher Yusupov ham ishtirok etdi.

Besh karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi fransiyalik Teddi Riner bilan birgalikda Fransiyaning "PSJ" jamoasi tarkibida musobaqada qatnashgan mahoratli dzyudochimiz bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Dzyudo: Alisher Yusupov jamoasi Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Alisher Yusupovning jamoasi avvaliga Fransiyaning yana bir dzyudo klubi “AM Asnieres” jamoasini 4-1 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, yarim finalda Ukraina terma jamoasiga ochko bermadi. Finalda esa Serbiya jamoasini dog‘da qoldirgan “PSJ” Yevropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Aytish lozim, Alisher Yusupov o‘tkazilgan bellashuvlarning barchasida raqiblaridan ustun ekanini namoyish etdi.

Kiritildi: 09:45 24.12.2024. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!