Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

DXX tranzit orqali yurtimizdan olib o‘tilayotgan 300 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etuvchi giyohvand moddalarni musodara qildi

DXX tranzit orqali yurtimizdan olib o‘tilayotgan 300 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etuvchi giyohvand moddalarni musodara qildi

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘shni Tojikistondan mamlakatimiz orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tilayotgan ko‘p miqdordagi giyohvand modda ushlab qolindi.

Aniqlanishicha, “Soyib” ismli Tojikiston fuqarosi giyohvand moddani kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kiradi va Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga olib boradi.

Ushbu ajal og‘usini mamlakatimiz orqali tranzit sifatida o‘tkazish ishlarining tashkilotchisi bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Turkiston viloyatida istiqomat qiluvchi Elyor Jo‘rayev Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga kelib, giyohvand moddalarni qabul qilib oladi.

Tezkor xodimlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Elyor Jo‘rayev og‘uni Sirdaryo viloyatiga olib borib, aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytida qo‘lga olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, E.Jo‘rayevdan ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvand modda “geroin” bo‘lib, jami og‘irligi 20 kg 32 gr.ni tashkil etdi.

Mutaxassislar fikricha, bugungi kunda 20 kg “geroin” moddasining narxi 300 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi. Agarda u iste’molga chiqarib yuborilganida minglab insonlarning umriga zomin bo‘lishi mumkin edi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:56 30.10.2019. O'qildi: 1757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!