Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

DW: ​​Serbiyada muxolifat muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda

 DW: ​​Serbiyada muxolifat muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda

Nashrning xabar berishicha, 1 sentyabr kuni mamlakat poytaxti Belgrad ko‘chalarida o‘n minglab odamlar 2024 yil noyabrida Novi-Saddagi temir yo‘l vokzali tomi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan 16 kishi xotirasiga bag‘ishlab sukut yurishi o‘tkazgan.

Xuddi shunday aksiyalar Serbiyaning boshqa shaharlarida, jumladan, Novi-Sad, Kraguyevas va Aleksinas shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi norozilik bildirayotgan fuqarolar Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich boshchiligidagi “Serbiya Progressiv partiyasi”ni hokimiyatdan chetlashtirish maqsadida muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishni talab qilmoqda.

"Serbiyadagi norozilik namoyishlari bir necha oydan beri davom etmoqda. Mamlakat hukumati esa namoyishchilarning talablarini bajarishdan bosh tortib, muddatidan oldin saylovlarni tayinlashni rad etmoqda. Yanvar oyida noroziliklar fonida Serbiya bosh vaziri va Novi-Sadning sobiq meri Milosh Vuchevich iste’foga chiqqan edi, deya yozmoqda DW.

Kiritildi: 14:14 02.09.2025. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!