"Do‘stlik o‘yinlari"da ishtirok etgan sportchilar Olimpiadada qatnasha olmasligi mumkin.
Bu haqida Amerika antidoping agentligi (USADA) rahbari Trevis Taygert aytib o‘tdi.
"Agar siz doping nazorat yo‘q va mamlakatimiz yoki sport federasiyamiz tomonidan tan olinmagan musobaqalarda ishtirok etsangiz, Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmaysiz", - dedi Taygert.
"Do‘stlik o‘yinlari" shu yil sentyabr oyida Moskva va Yekaterinburgda o‘tkazilishi lozim edi. Lekin musobaqa 2025 yilga qoldirildi.