Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Dushanba ishlamaydiganlar uchun ham og‘ir kunmi?

Dushanba ishlamaydiganlar uchun ham og‘ir kunmi?

Gonkong universiteti olimlari dushanba ko‘pchilikka og‘ir kun ekanligini tasdiqladilar. Tadqiqotda 50 va undan katta yoshdagi 3511 kishi ishtirok etdi, ularda dushanba kuni stress darajasi baholandi. Ular so‘nggi bir necha oy ichida kortizol darajasidagi o‘zgarishlarni o‘lchashga muvaffaq bo‘lishdi.

Dushanba kuni kortizol darajasi o‘rtacha 23 foizga yuqoriladi. Shunisi qiziqki, bu ko‘rsatkich hatto nafaqaga chiqqan va ishlamaydigan odamlarda ham kuzatildi.

Odatda, kortizol darajasi tanaga tahdid paydo bo‘lganda keskin oshadi va keyin asta-sekin pasayadi. Aslida bunga dushanbaning hech qanday aloqasi yo‘q, shunchaki dam olish kunlaridan keyin ishga qaytish kerak bo‘lganda stress kuchayadi. Odamlar "Dushanba og‘ir kun" degan qolipga moslashib, shunga monand kayfiyatga tushishga o‘rganib qolganlar.

Kiritildi: 09:57 21.07.2025. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!