Durov Sukerbergga javob berdi: "Telegram 'da hech qachon senzura bo‘lmagan"
Pavel Durov Meta asoschisi Mark Sukerbergning “so‘z erkinligini tiklash” va tsenzurani sezilarli darajada kamaytirish niyati haqidagi bayonotiga izoh berdi.
Sukerberg ushbu haftada so‘zga chiqib, fakt tekshiruvlarini olib tashlash va moderatsiya siyosatini yumshatish rejalarini e’lon qildi. Bu bayonot keng rezonansga sabab bo‘ldi va Durov buni e’tiborsiz qoldirmadi.
Telegram asoschisi o‘z kanalida uning platformasi siyosiy vaziyatdan qat’i nazar, har doim so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlab kelganini ta’kidladi.
"Bizning qadriyatlarimiz Qo‘shma Shtatlardagi saylov davrlariga bog‘liq emas", deb yozgan Durov.