Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma’lum qilindi

Dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma’lum qilindi

Numbeo statistik resursi saytida dunyoning yashash uchun eng qimmat shaharlari ma’lum qilindi. Reytingni tuzuvchi ekspertlar fikricha, yashash qiymati eng yuqori indeksga ega shahar Shveysariyaning eng yirik shahri – Syurix hisoblanadi.  

Ta’kidlash joiz, reytingning yetakchi beshtaligidagi qolgan o‘rinlarni ham Shveysariya shaharlari –Bazel, Lozanna, Jeneva va Byorn egallagan.

6-8-o‘rinlarni Norvegiyaning Stavanger, Oslo va Tronxeym shaharlari, 9-o‘rinni Islandiya poytaxti Reyk’yavik va 10-o‘rinni yana bir norveg shahri – Bergen egallagan.    

Dunyoning qolgan megapolislaridan Nyu-York va San-Fransisko 11- va 12-o‘rinlarni, Tokio 18-o‘rinni, Parij 24-o‘rinni, London 28-o‘rinni, Dubay 152-o‘rinni, Moskva 251-o‘rinni egallagan.

Reytingga shuningdek Toshkent ham kiritilgan. U 413-o‘ringa qo‘yilgan. 

Ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari shaharlaridan Ostona 386-o‘rinni, Olmaota 389-o‘rinni, Bishkek 410-o‘rinni egallagan.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 21:15 17.01.2020. O'qildi: 2142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!