Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada 12 mlrd dollarga boyidi

Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada 12 mlrd dollarga boyidi

"Amazon" asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos va uning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottning boyligi bir hafta ichida qariyb 12 milliard dollarga ko‘paydi, deb xabar qiladi "Forbes" jurnaliga tayanib "sof.uz". 

Sayyoramizning eng boy odami yetti kunda boyligini $8,8 mlrd.ga oshirgan va hozirda, "Forbes Real-Time" ma’lumotlariga ko‘ra, $193,1 mlrd.ni tashkil qiladi. Uning sobiq xotini, Amazon shirkatining 4% aksiyasi egasining boyligi esa $3 mlrd.ga ko‘paydi (jami boyligi - $62,2 mlrd).

Bir haftada "Amazon" aksiyalari narxi 5% ga qimmatladi. Faqatgina 9 oktyabr, juma kuni kompaniya "Amazon Prime" foydalanuvchilari uchun 13 va 14 oktyabr kunlari sotiladigan ko‘plab elektronika va boshqa tovarlarga chegirmalar berilishini e’lon qilganidan keyin ular 3 foizga ko‘tarildi.

Boshqa yirik texnologik kompaniyalarning ham egalari boyidi. O‘tgan hafta ularning aksiyalari Donald Tramp koronavirusga chalingani haqidagi xabarlardan keyin tushib ketgan edi, ammo bu hafta ko‘tarildi. Xususan, "Microsoft" hammuassisi Bill Geytsning boyligi bir haftada $2,1 mlrd.ga ($117,2 mlrd.gacha) ko‘paydi, kompaniyaning sobiq rahbari Stiv Balmerniki esa $2,6 mlrd.ga ($73,4 mlrd.gacha). Microsoft aksiyalari yetti kun ichida 4,7% ga qimmatlashdi. Ushbu hafta kompaniya o‘yin konsollari va o‘yinlar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tarmoq "GameStop" bilan hamkorlik qilishi haqida e’lon qildi.

"Tesla" asoschisi va bosh ijrochi direktori Ilon Mask $3,5 mlrd.ga (90,8 milliard dollarga) o‘sdi, bu qisman muhim raqobatning yo‘qligi tufayli "Tesla"ning aksiyalarining narxi 578 dollarga ko‘tarilishini bashorat qilgan New Street tahlilchisi tufayli sodir bo‘ldi. "Tesla" aksiyalari juma kuni yopilishida donasi 434 dollardan sotildi.

"Alphabet" ("Google"ning bosh kompaniyasi) shirkati aksiyalari kompaniyaning o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqaruvchisi "Waymo" o‘zining haydovchisiz taksi xizmatini namoyish qilganidan so‘ng bir hafta ichida 3,9 foizga o‘sdi. Natijada "Google" asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinning boyliklari mos ravishda $2,3 mlrd. va $2,1 mlrd.ga oshdi. Peyjning kapitali 67,7 milliard dollarga, Brinning kapitali esa 65,8 milliard dollarga o‘sdi.

Kiritildi: 06:00 13.10.2020. O'qildi: 3090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!