Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dunyoning eng arzon shaharlari reytingi: Toshkent nechanchi o‘rinda?

Dunyoning eng arzon shaharlari reytingi: Toshkent nechanchi o‘rinda?

The Economist Intelligence Unit 2019 yilda istiqomat qilish uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Tadqiqot 30 yildan beri har yili olib boriladi, deb yozmoqda Spot.

Tahlilchilar dunyodagi 133ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi, u jami 100 ballni tashkil etgan.

Dastlabki uchta o‘rinni bir vaqtning o‘zida uchta shahar egalladi - Parij, Gonkong va Singapur. Umuman olganda, dunyodagi eng qimmat shaharlar o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Singapur (Singapur)
1. Parij (Fransiya)
1. Gonkong (Xitoy)
4. Syurix (Shveysariya)
5. Jeneva (Shveysariya)
5. Osaka (Yaponiya)
7. Seul (Janubiy Koreya)
7. Kopenhagen (Daniya)
7. Nyu-York (AQSh)
10. Tel-Aviv (Isroil)
10. Los-Anjeles (AQSh)

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, hayot, odatda, eng qulay va xavfsiz bo‘lgan shaharlarda qimmatdir. Bu ro‘yxatdagi deyarli barcha shahar dunyoda yashash uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritilgan.

Aksincha, imkoniyatlar kam, siyosat yoki iqtisodiyot bilan muammolar kuzatiluvchi joylarda istiqomat qilish nisbatan arzon. Xususan, Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlarga aylandi.

Umuman olganda, dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega:

1. Karakas (Venesuela)
2. Damashq (Suriya)
3. Toshkent (O‘zbekiston)
4. Olmaota (Qozog‘iston)
5. Bangalor (Hindiston)
6. Karachi (Pokiston)
6. Lagos (Nigeriya)
8. Buenos-Ayres (Argentina)
8. Chennay (Hindiston)
10. Nyu-Dehli (Hindiston)

Kiritildi: 15:57 19.03.2019. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!