Bugun 20 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyodagi qashshoqlar soni ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi qashshoqlar soni ma’lum bo‘ldi

BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Britaniyaning Oksford qashshoqlikka qarshi kurashish va inson taraqqiyoti tashabbusi (OPHI) dunyoda qashshoqlar soni qanchaligini baholadi. Tadqiqot OPHI rasmiy saytida e’lon qilindi.

Hisobotga ko‘ra, jahonning 1,1 mlrd aholisi qashshoqlikda kuch kechiryapti. Ularning 40 foizi (455 mln kishi) urush alangasida qolgan, barqarorlik yo‘qolgan yoki tinchliksevarlik darajasi past mamlakatlarning aholisi.

«Urush-nizolar kechayotgan yurtlarda qambag‘allik darajasi ancha yuqoriligini aniqladik. Urushayotgan mamlakatlarda har uchinchi odam va undan ko‘prog‘i (34,8 foiz) qashshoq bo‘lsa, urushdan xoli mamlakatlarda har 9 kishidan biri (10,9 foiz) qashshoq ekanligini Uppsala urush ma’lumotlari dasturi tasdiqlamoqda», — deyishdi tadqiqot mualliflari.

Dunyodagi 1,1 mlrd qashshoq aholining yarmidan ko‘pi (584 mln) — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Qashshoqlarning aksariyat katta qismi (828 mln) oddiy sanitariya sharoilariga ham ega emas, ularning 886 mln nafari uy-joysiz, 998 mln nafarida ovqat pishirish uchun qozon tagiga yoqadigan narsa ham yo‘q.

Kiritildi: Bugun 00:01. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!