Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Dunyodagi "eng rasvo" ish Osiyoda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi "eng rasvo" ish Osiyoda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Britaniyaning Daily Mail gazetasi Bangladeshning Dakka shahrida daryolarni maishiy chiqindilardan tozalash bilan shug‘ullanadigan insonlarga e’tibor qaratdi. Nashr ushbu odamlar "dunyodagi yeng rasvo ish"ni qilishlarini ta’kidladi.

Nashr tomonidan chop etilgan fotosuratlarda axlat bilan to‘ldirilgan suvda erkaklar bel va ko‘kragida qanday turishgani tasvirlangan. Ulardan biri deyarli iyagiga yetadigan chiqindilarni bosib o‘tadi, ammo u baribir yaxshi kayfiyatda va yuzida tabassum. Boshiga esa sumka qo‘yilgan.

Janubiy Osiyoda joylashgan Bangladeshdagi daryolar va kanallar yillar davomida axlat bilan to‘ldirilib kelinmoqda, ular muntazam ravishda dunyoning eng ifloslangan suv omborlari ro‘yxatiga kiritilgan, deb yozadi Daily Mail. Chiqindilar, shu jumladan sanoat chiqindilari taxminan 50 joyda suvga tashlanadi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘tgan yili tozalovchilar har kuni 200 tonnadan ortiq turli xil axlatlarni yig‘ishgan.

O‘tgan yil avgust oyida Voxning so‘zlariga ko‘ra, Bangladesh Oliy sudi mamlakatdagi daryolarga insonga o‘xshash huquqlarni berdi: suv arteriyalariga zarar yetkazgan odamlar tirik mavjudotga zarar yetkazgan deb hisoblanadi.

Kiritildi: 14:47 12.07.2020. O'qildi: 10186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!